Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh armiyasining AH-64 Apache vertolyoti 3-mart kuni Ummon qirg‘oqlari yaqinida, Hurmuz bo‘g‘ozi yonida halokatga uchradi. Vertolyot mintaqaviy suvlarda patrul xizmatini o‘tayotgan edi.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (Centcom) ma'lumotiga ko‘ra, ikki ekipaj a’zosi taxminan ikki soat ichida xavfsiz tarzda qutqarilgan va ularning ahvoli barqaror. Qutqaruv operatsiyasi AQSh harbiy-dengiz kuchlari va 82-havo desant diviziyasi tomonidan amalga oshirilgan.

AQSh rasmiylarining CBS Newsga ma'lum qilishicha, bu birinchi marta amerikalik harbiy xizmatchilar uchuvchisiz sirt droni yordamida qutqarilgan. Operatsiyada 5-flotning 59-ishchi guruhi (Task Force 59) tomonidan boshqarilgan dron ishlatilgan.

Halokat sababi hozircha noma'lum – vertolyotda texnik nosozlik yoki Eron tomonidan urib tushirilganligi tekshirilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga ekipaj a'zolari “yaxshi” ekanini va voqea yuzasidan hisobot keyinroq e'lon qilinishini aytdi.

59-ishchi guruhi 2024-yilda Yaqin Sharqda dengiz xavfsizligini kuchaytirish maqsadida uchuvchisiz tizimlarni jangovar operatsiyalarga integratsiya qilish uchun tashkil etilgan.

Source: www.bbc.com