Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Tarixdagi eng qimmat mundial bo‘lishi kutilayotgan futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati boshlanishiga oz vaqt qoldi. Uch mamlakat – AQSh, Meksika va Kanadada o‘tkaziladigan turnir doirasida 16 ta stadion tayyorlanmoqda.

AQShda 11 ta, Meksikada 3 ta va Kanadada 2 ta arena uchrashuvlarni qabul qiladi. Eng qimmat stadionlardan biri – Nyu-Jersidagi “Metlayf Stedium” bo‘lib, qurilishi 1,6 mlrd dollarga tushgan va 82,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Aynan shu stadion final o‘yiniga mezbonlik qiladi.

Kaliforniyadagi “Sou-Fay Stedium” 5-6 mlrd dollar bilan dunyodagi eng qimmat arena hisoblanadi. 70 minglik stadion Los-Anjeles Rems va Charjers klublari uchun uy maydoni. Dallasdagi “Ey-ti-end-ti Stedium” esa 80 minglik sig‘imi bilan yarim finalga mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchun muhim o‘yinlar: “Mersedes-Bens Stedium” (Atlanta)da Kongo DRga qarshi, “En-ar-ji Stedium” (Xyuston)da Portugaliyaga qarshi va “Estadio Asteka” (Mexiko)da Kolumbiyaga qarshi bahslar o‘tkaziladi. “Asteka” ikki marta mundial finaliga mezbonlik qilgan yagona stadion.

Kanadadagi “BMO Fild” (Toronto) va “Bi-Si Pleys” (Vankuver) hamda Meksikadagi “Akron Stedium” (Gvadalaxara) va “Estadio BBVA” (Monterrey) ham turnirga tayyor. Barcha stadionlar zamonaviy infratuzilma va yuqori sig‘imga ega.

Source: www.gazeta.uz