AQSh Harbiy havo kuchlarining B-52H Stratofortress strategik bombardimonchi samolyoti Kaliforniya shtatida qulashi natijasida bortdagi 8 kishi halok bo‘ldi. Voqea 15 iyun kuni Edvards aviabazasidan uchib ketganidan so‘ng yuz berdi.
CNN News telekanalining xabar berishicha, samolyot parvoz qilganidan ko‘p o‘tmay halokatga uchragan. Halokat sabablari hozircha ma’lum emas. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelgan bo‘lsa-da, bortdagilarning hech biri tirik qolmagan.
Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bort radar tizimini modernizatsiya qilish dasturi doirasida rejali sinov parvozini amalga oshirayotgan edi. Ekipaj tarkibida harbiy xizmatchilar, fuqarolik davlat xizmatchilari va pudratchilar bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida Boeing korporatsiyasining ikki xodimi ham bor.
B-52H Stratofortress – yadro qurolini tashishga qodir bo‘lgan ko‘p funksiyali strategik bombardimonchi samolyot. Uning parvoz balandligi 15 ming metrni tashkil qiladi. Ushbu samolyot AQSh harbiy havo kuchlarining asosiy strategik bombardimonchilaridan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyun kuni Missuri shtatida parashyutchilar bo‘lgan samolyot qulashi natijasida 12 kishi halok bo‘lgan edi.
Source: podrobno.uz