Yevropa Parlamenti o'tgan yil imzolangan kelishuvga muvofiq, AQShdan ko'plab import tovarlariga bojxona tariflarini kamaytirishni ma'qulladi. Bu qaror Bryussel va Vashington o'rtasida yangi tarif mojarosining oldini olishga qaratilgan.
Kelishuvga ko'ra, Yevropa Ittifoqi AQShning bir qator mahsulotlariga import bojlarini bekor qiladi va bozorga kirishni osonlashtiradi. Buning evaziga AQSh Yevropa tovarlariga 15% tarif joriy etadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga kelishuv shartlarini bajarish uchun 4 iyulgacha muhlat bergan edi. Yevropa Parlamentining qarori bu muddatga rioya qilish imkonini beradi.
Kelishuv 2018-yilda boshlangan savdo urushining kuchayishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida tuzilgan. Biroq, tanqidchilarning fikricha, bu kelishuv AQShga ko'proq foyda keltiradi va Yevropa ishlab chiqaruvchilari uchun noqulay shartlarni o'z ichiga oladi.
Source: www.dw.com