Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Eron Qatardagi muzlatilgan 6 milliard dollardan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, masala Doha shahrida Eron, Qatar va Pokiston ishtirokidagi maslahatlashuvlarda muhokama qilingan. Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiyning ta’kidlashicha, pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazish emas, balki Eronga zarur tovarlarni xarid qilish uchun yo‘naltirish nazarda tutilgan.

U, shuningdek, Dohada Eron, Qatar va Pokiston delegatsiyalari o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tganini bildirdi. Tomonlar Islomobod memorandumining bajarilishini, jumladan, AQSh majburiyatlarining mumkin bo‘lgan buzilishlarini muhokama qilgan.

Maslahatlashuvlar yakunida memorandum ijrosini nazorat qilish uchun ishchi guruh tuzishga kelishib olindi. Shuningdek, tomonlar kelishuvlarning mumkin bo‘lgan buzilishlarini qayd etish va muhokama qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanali ishga tushirilishi kerak.

Avvalroq, Panama tankeriga hujum AQSh va Eron o‘rtasida urushning yangi bosqichini qo‘zg‘atgani xabar qilingandi. Hodisadan so‘ng amerikalik harbiylar Eron hududidagi bir qancha nishonlarga zarba bergan, Eron Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi esa AQSh armiyasi ob’ektlariga javob hujumlari uyushtirganini e’lon qilgan.

Source: podrobno.uz