Fransiyaning janubiy hududlarida kuchli shamol tufayli bir nechta o‘rmon yong‘inlari kelib chiqdi. Aude va Herault departamentlarida eng katta yong‘inlar qayd etilgan.
Yong‘inni o‘chirish uchun 800 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi va 150 ta texnika jalb etildi. Olov 900 gektardan ortiq maydonni qamrab olgan.
Pireney-Atlantika departamentida Sainte-Marie-la-Mer va Kanet-an-Russilyon shaharlarida yong‘in chiqishi sababli 3000 ga yaqin sayyoh va mahalliy aholi evakuatsiya qilindi.
Televizion tasvirlarda Kanet-an-Russilyonda omborxonalar va yaxta alangaga o‘ralgani, plyaj ustida qora tutun buluti ko‘tarilgani ko‘rsatilgan.
Pireney-Atlantika departamenti yuqori mansabdor shaxsi Per Ronyo de La Motning so‘zlariga ko‘ra, ikki o‘t o‘chiruvchi engil jarohat olgan.
Kunning boshida Marsel chekkasida ikkita yong‘in nazorat ostiga olingan. Bosh vazir Sebastyan Lekornu yoz davomida 7000 ga yaqin yong‘in sodir bo‘lganini, 8700 gektar maydon yonib ketganini ma’lum qildi.
Ichki ishlar vaziri Loran Nyunez ob-havo sharoiti noqulayligicha qolayotganini ta’kidladi. Iyun oyida Fransiyada 11 kunlik rekord darajadagi issiqlik kuzatilgan, harorat 40 darajadan oshgan.
Mutaxassislarning bashoratiga ko‘ra, yuqori harorat va qurg‘oqchilik davom etadi, yomg‘ir kutilmaydi. O‘simliklarning suv tanqisligi va kuchli shamollar yong‘in xavfini oshirmoqda.
Source: www.dw.com