Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Gruziyaning “Oltin jun” ordeni topshirildi. Mukofotni Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili Tbilisida shaxsan topshirdi.

Ushbu orden 1998-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, gruzin madaniyati, fani va san’atini ommalashtirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi.

Mirziyoyev ushbu mukofotga O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishga qo‘shgan hissasi uchun loyiq ko‘rilgan.

Ilgari ushbu orden bilan Yelizaveta II, Iordaniya qiroli Abdulla II, Germaniya kansleri Gerxard Shreder, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan edi.

Shavkat Mirziyoyev bugun Gruziyaga rasmiy tashrif bilan keldi.

Source: podrobno.uz