Tailandning Mukdaxon provinsiyasida dahshatli voqea yuz berdi. 11 yoshli bola otasining pikapini ruxsatsiz olib, taxminan 10 kilometr yo‘l bosgan. Boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgan va u yerda 35 ziyoratchidan iborat karvonni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida besh rohib voqea joyida, yana besh nafari esa kasalxonada vafot etgan. Jami 10 kishi halok bo‘lgan, 20 dan ortiq kishi yaralangan. Yaralanganlar orasida tasodifiy o‘tkinchi ham bor.
Mahalliy AmarinTV telekanali xabariga ko‘ra, bolaning rivojlanishida nuqsonlar bor va u hozirda og‘ir shok holatidadir. Bola buvisi uning oldini olishga uringanini, ammo ulgurmaganini aytgan. Bobosi esa nabirasiga hech qachon mashina haydashni o‘rgatmaganini bildirgan.
Tailand qonunchiligiga ko‘ra, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Politsiya ota-onaning harakatlarini tekshirishni boshlagan.
Source: podrobno.uz