Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus koordinatori o‘rinbosari Ramiz Alakbarov Xamasni G‘azoda gumanitar operatsiyalarga to‘sqinlik qilishda va yordam xodimlarini xavf ostiga qo‘yishda aybladi.
Alakbarovning so‘zlariga ko‘ra, qurollangan shaxslar Shimoliy G‘azodagi Jabaliya shahrida joylashgan Abu Rashid oziq-ovqat tarqatish punktiga bostirib kirib, Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) omboriga kirgan va gumanitar yuklarni yetkazayotgan ikki yuk mashinasi haydovchisiga hujum qilgan.
“Bu hodisalar alohida emas, balki qo‘rqitish, zo‘ravonlik va to‘siqlar, jumladan, kontrabanda urinishlari, gumanitar operatsiyalarni nishonga olish va suiiste’mol qilishning tobora xavfli namunasini aks ettiradi”, dedi u.
Xamas esa bu ayblovlarni qat’iy rad etdi. Guruhning bayonotiga ko‘ra, WFP tarqatish markaziga hujum qilinmagan, balki u yerda “rasmiy huquqni muhofaza qilish operatsiyasi” o‘tkazilgan va gumanitar yordam paketlarida yashirin sigaretalar va mobil telefon ekranlari topilgan.
BMT rasmiysi Xamasning harakatlari hayotiy yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi. Ayni paytda G‘azodagi fuqarolar og‘ir sharoitlarda yashamoqda. Isroilning urushi 2023 yil oktyabrida boshlangan va 73 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.
O‘tgan yil oktyabrida AQSh vositachiligida “sulh” kelishuvi imzolangan bo‘lsa-da, Isroil uni muntazam ravishda buzmoqda. Sulh kuchga kirganidan beri 1100 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Ikkinchi bosqich muzokaralari to‘xtab qolgan.
Source: www.aljazeera.com