Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (KSR) Amerika kompaniyasi Amazonning Bahrayndagi markaziy maʼlumotlar infratuzilmasiga qanotli raketalar bilan zarba berganini maʼlum qildi. Ushbu hujum AQSh harbiy kuchlarining Eronda qurilayotgan atom elektr stansiyasiga uyushtirgan hujumiga javob sifatida amalga oshirilgan.

Eron harbiy qoʻmondonligi bayonotida “Nasr-2” operatsiyasi davomida Amazon obyekti toʻliq yoʻq qilingani taʼkidlangan. AQSh rasmiylari va kompaniya rahbariyati bu maʼlumotni hozircha izohlamagan.

Bundan tashqari, Iordaniyadagi AQSh harbiy obyektlariga zarbalar berilgani xabar qilinmoqda. KSR maʼlumotlariga koʻra, havo hujumidan mudofaa radar tizimi va AQSh Harbiy-havo kuchlarining F-15 qiruvchi samolyoti yoʻq qilingan. Bu hujumlar mintaqaviy aniqlash tizimlarini bostirish va keyingi hujumlar koʻlamini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan. Iordaniyadagi obyektlarning zararlangani haqidagi xabarlar AQSh harbiy idorasi tomonidan hali tasdiqlanmagan.

Keskinlik 19-iyul kuni Eron atom energiyasi tashkilotining bayonotidan soʻng yuzaga keldi. Unda AQSh kuchlari mamlakat janubi-gʻarbidagi qurilayotgan “Darxovin” AES maydoniga zarba bergani, bu esa oʻzaro zarbalar zonasini kengaytirishga olib kelgani aytilgan. Avvalroq Eron tomonidan Bahrayndagi Sahir aviabazasi va Salmon portidagi obyektlarga, shuningdek Quvaytdagi Kamp-Arifjan bazasiga hujumlar qayd etilgan edi.

Yaqin Sharq davlatlari AQSh va Eronga 10 kunlik sulh rejasini taklif qilgan. Reja tomonlarning Hormuz boʻgʻozini blokdan chiqarishini nazarda tutadi.

Source: podrobno.uz