Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Turkiyaning sobiq bosh vaziri Ahmad Davutog'lu siyosatni tark etishini va o'z partiyasini tarqatishini e'lon qildi. U bu qarorini mamlakatdagi "iflos siyosiy muhit" bilan izohladi.

Davutog'lu o'zining X sahifasida e'lon qilgan bayonotida: "Bu taslim bo'lish qarori emas, bu axloqiy jihatdan uzoqlashish qaroridir. Bu siyosatdan voz kechish emas, balki hammaga siyosatni qayta o'ylashga chaqiruvdir", deb yozgan.

U korruptsiya, tanish-bilishchilik va javobgarlikning yo'qligi axloqiy qadriyatlarni yemirilishiga olib kelayotganini ta'kidlab, korruptsiya darajasi endi inkor etib bo'lmaydigan darajaga yetganini aytdi.

Siyosatchilarning partiyalarni almashishi va saylangan amaldorlar o'rniga hukumat tomonidan tayinlangan kayyumlar amaliyoti demokratik axloqqa katta zarba bo'lganini qayd etdi. U 2018-yilda prezidentlik tizimining joriy etilishi avtoritarizmga yo'l ochib, tekshiruv va muvozanat mexanizmlarini yo'q qilganini ta'kidladi.

1959-yilda Konyada tug'ilgan Davutog'lu Bog'azichi universitetida siyosatshunoslik va iqtisod bo'yicha tahsil olgan. U akademik sifatida tanilgan va Malayziya xalqaro islom universitetida siyosatshunoslik kafedrasini tashkil etgan.

U 2002-yilda AKPga qo'shilib, bosh vazirning bosh maslahatchisi bo'lgan. Davutog'lu Erdog'anning hokimiyatga kelishida muhim rol o'ynagan va Turkiyaning "qo'shnilar bilan nol muammo" tashqi siyosat doktrinasini shakllantirgan.

U 2009-2014-yillarda tashqi ishlar vaziri, keyin esa bosh vazir bo'lib ishlagan. Biroq Erdog'an bilan Yevropa Ittifoqi muzokaralari va boshqaruv masalalarida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

2016-yilda Davutog'lu bosh vazirlikdan chetlashtirilgan. 2019-yilda u AKPdan iste'foga chiqib, "Kelajak partiyasi"ni tashkil etgan. Ammo bu partiya 2024-yilgi saylovlarda atigi 0,11 foiz ovoz olgan.

Source: www.aljazeera.com