Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada bilan savdo urushi avj olgan bir paytda ikki davlat o‘rtasidagi suv havzasini qayta nomlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Oq uydagi matbuot anjumanida Tramp Ontario ko‘lini “Amerika ko‘li” deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi va bu o‘zgarish “zudlik bilan kuchga kirishini” ma’lum qildi.

Jurnalistlarning Kanadaga qanday xabar yuborilayotgani haqidagi savoliga Tramp Kanada bilan savdo munosabatlarini tanqid qilib, “ular bizni uzoq vaqt davomida talon-taroj qilishgan” dedi. U kanadalik amaldorlarni “yomon odamlar” deb atadi va “ular bizga juda yomon munosabatda bo‘lishdi” deb qo‘shimcha qildi.

Trampning ta’kidlashicha, ko‘l nomini o‘zgartirish g‘oyasi uning uzoq vaqtdan beri o‘ylagan rejasi bo‘lgan. Bu uning qo‘shni davlatlar bilan bog‘liq geografik nomlarni o‘zgartirish bo‘yicha birinchi qadami emas — 2025-yil yanvarida u Meksika ko‘rfazini “Amerika ko‘rfazi” deb qayta nomlagan edi.

Ontario ko‘li nomi aslida Kanada provinsiyasidan emas, balki Huron hindularining “oniatarí:io” so‘zidan olingan bo‘lib, “yorqin suvlar ko‘li” degan ma’noni anglatadi. Provinsiya esa 1867-yilda ushbu suv havzasi sharafiga nomlangan.

Oq uydagi marosimda Tramp boshqa suv havzalarini ham qayta nomlashni taklif qildi: “Bizda ko‘rfaz va ko‘l bor. Endi bizga okean kerak. Shuning uchun Atlantika yoki Tinch okeanining nomini o‘zgartirishimiz kerak bo‘lishi mumkin”.

Source: www.aljazeera.com