Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 6-turida “Istanbul Bashakshehir” safida “Genchlerbirligi” darvozasiga ikkita to‘p kiritdi. Uchrashuv poytaxt klubining o‘z maydonida bo‘lib o‘tdi va mezbonlar 4:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.

31 yoshli hujumchi o‘yinning 33-daqiqasida Ivan Brnichning chap qanotdan uzatgan to‘pini jarima maydonchasi ichida qabul qilib, yerga yo‘llagan aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. 65-daqiqada esa Olsenning pasidan so‘ng jarima maydonining o‘ng burchagidan uzoq burchakka yo‘llangan zarba bilan hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Shomurodov joriy mavsumda “Kojaelispor”, “Trabzonspor”, “Kasimpasha”, “Galatasaray” va “Genchlerbirligi” darvozalarini ishga soldi. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan futbolchi 77-daqiqada o‘z o‘rnini Berkay O‘zjanga bo‘shatib berdi.

6 turdan so‘ng “Bashakshehir” 7 ochko to‘plab, turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. Shomurodovning klub bilan shartnomasi 2028-yil iyun oxirigacha tuzilgan, u jamoaga 2025-yil iyulida qo‘shilgan edi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 2025/2026 mavsumini 22 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar sifatida yakunlagan edi.

Source: www.gazeta.uz