Aichi-Nagoya XX yozgi Osiyo o‘yinlarining uchinchi kuni — 22-sentabr yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta kumush medalga ega chiqdi. Firdavs Atamuradov, Darya Latisheva va Hilola Sobirova musobaqalarni ikkinchi o‘rinda yakunladilar.
Aralash jang san’atining modern yo‘nalishida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Firdavs Atamuradov finalga qadar yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda u tojikistonlik Mirzobek Umarovga imkoniyatni boy berdi va Osiyo o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston vakili Darya Latisheva Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi medalini qo‘lga kiritdi. U ko‘rgazmali chiqish dasturida 19,413 ball jamg‘arib, kumush medalga ega bo‘ldi. Shu tariqa, Latisheva Osiyo o‘yinlarining uch karra sovrindoriga aylandi.
Aralash jang san’atining an’anaviy yo‘nalishida ayollar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida bahs olib borgan Hilola Sobirova ham finalga yo‘l oldi. Final bahsida hamyurtimiz singapurlik Xun Teoga mag‘lub bo‘lib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Shunday qilib, Osiyo o‘yinlarining uchinchi kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida yana uchta kumush medal qo‘shildi. Umumiy jadvalda O‘zbekiston 6 ta — bittadan oltin va bronza hamda to‘rtta kumush medal bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Source: www.gazeta.uz