Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQShning nufuzli Kornell universiteti atrofida talaba qizning talabalar birodarligi binosida guruh bo‘lib zo‘rlangani bilan bog‘liq dahshatli mojaro keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Oliy ta’lim muassasasi rahbari Maykl Kotlikoff voqeani «o‘ta xavotirli» deb atab, shaffoflikni ta’minlashga va’da berishga majbur bo‘ldi. Biroq Amerika oliy ta’lim tizimidagi chuqur ildiz otgan zo‘ravonlik va beparvolik madaniyati jamiyatda keskin tanqidlarga duch kelmoqda.

Sud hujjatlarida «Jeyn Dou» deb ko‘rsatilgan jabrlanuvchi 2024 yilda «Chi Phi» talabalar uyushmasining bir nechta a’zosi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchraganini bildirgan. Qiz universitet ma’muriyati va yetti nafar sobiq talabaga qarshi sud da’vosi qo‘zg‘atgan. O‘zining sakkiz daqiqalik videomurojaatida Kotlikoff bu hodisa universitet tarixidagi eng og‘ir damlardan biri bo‘lganini va u oliygoh nufuziga yillar davomida dog‘ bo‘lib qolishini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat talabalar bazmlari, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar iste’moli bilan bog‘liq xavfli vaziyatni fosh etgan.

Nyu-York shtatidagi mahalliy prokuror dastlab ayblov qo‘yishdan bosh tortgani esa vaziyatni yanada chigallashtirdi. Shundan so‘ng shtat gubernatori Keti Xokul mahalliy adliya tizimiga ishonchsizlik bildirib, jinoiy tergovni maxsus prokuror etib tayinlangan bosh prokuror Letitsiya Jeymsga topshirdi. Rasmiylar ishni «xaspo‘shlashga yo‘l qo‘ymaslikka» so‘z bergan bo‘lsa-da, AQSh rejimi tizimidagi qonuniy bo‘shliqlar sababli jabrlanuvchilar o‘z huquqlarini himoya qilishda jiddiy to‘siqlarga duch kelmoqda.

Xususan, Nyu-York qonunchiligida o‘z ixtiyori bilan mast bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinsiy jinoyatlarni isbotlashni qiyinlashtiruvchi qonuniy bo‘shliq mavjud bo‘lib, prokuratura avval aynan shunga tayanib jinoiy ish ochishdan bosh tortgan edi. Shu bilan birga, talabalar yig‘ilishida universitet prezidenti Kotlikoffning iste’fosi talab qilindi. AQSh oliygohlarida keng tarqalgan bunday uyushmalarning amalda nazoratsiz qolib ketayotgani Amerika jamiyatidagi ma’naviy inqirozni yana bir bor ko‘rsatib bermoqda.

Source: www.aljazeera.com