Hindiston poytaxti Deli shahrida politsiya saylov boshligʻining isteʼzosini talab qilib chiqqan mingdan ziyod namoyishchi, muxolifatdagi siyosatchilar, jurnalistlar, talaba yetakchilari va yoshlar harakati asoschilarini hibsga oldi. Ushbu keskin chora hukumatning noroziliklarni yoʻq qilishga qaratilgan harakatlari doirasida amalga oshirilgani aytilmoqda.
Satirik ruhdagi “Tarakan” (Cockroach) yoshlar harakati va boshqa guruhlar maxsus intensiv qayta koʻrib chiqish (SIR) jarayoniga qarshi norozilik namoyishini oʻtkazishni rejalashtirgan edi. Namoyishchilar hukmron partiyani saylov natijalariga taʼsir oʻtkazish maqsadida saylov komissiyasi bilan til biriktirganlikda ayblamoqda. Muxolifat vakillarining taʼkidlashicha, saylovchilar roʻyxatidan oʻchirilganlar baʼzi shtatlardagi ovoz berish natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Poytaxt Deli favqulodda xavfsizlik choralarini koʻrib, deyarli qamal holatiga keltirildi. Shaharga minglab politsiya va harbiylar safarbar etildi, poytaxtga qatnovchi poyezdlar bekor qilindi, mobil internet xizmatlari va metrolar yopildi. Shunga qaramay, shaharning turli burchaklarida kichik noroziliklar kuzatildi, biroq ularni yoritishga chiqqan jurnalistlar ham darhol qoʻlga olindi.
Hukmron partiya vakillari namoyishchilarni “anarxistik unsurlar” deb atab, ularning harakatini keskin qoraladi. Shu bilan birga, Xalqaro Amnesty International tashkiloti va Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmita Hindiston rasmiylarining bu harakatlarini tanqid qilib, soʻz erkinligi va tinch namoyish oʻtkazish huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi.
Source: www.aljazeera.com