Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rahbari Donald Trump Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiyni iste'foga chiqishga chaqirib, uni yoqilg'i narxining keskin oshishida va global energetika bozoridagi beqarorlikda aybladi. Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot qilgan Trump, Zelenskiyning Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga berayotgan zarbalari butun dunyo bo'ylab dizel yoqilg'isi ta'minotiga jiddiy putur yetkazayotganini va bu holat amerikalik fermerlarga bosim o'tkazayotganini iddao qildi. Uning so'zlariga ko'ra, go'yo Kiyev rejimi AQShdagi saylovoldi vaziyatni qasddan qiyinlashtirmoqda.

Mazkur bayonot Vashington va uning ittifoqchisi o'rtasidagi munosabatlar yanada taranglashgan bir paytda yangradi. Ma'lum qilinishicha, AQSh rejimi yoqilg'i narxini pasaytirish maqsadida Rossiya bilan dizel yetkazib berish bo'yicha shartnoma tuzgan. Ushbu kelishuv Vashingtonning yillar davomida olib borgan siyosatidan keskin burilish yasagani aytilmoqda. Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiya o'zining energiya infratuzilmasiga hujumlarni to'xtatmaguncha, javob amaliyotlarini davom ettirishini qat'iy bildirdi.

Ikki tomonlama munosabatlar uzoq yillardan beri ziddiyatlarga boy bo'lib kelmoqda. Trump o'zining avvalgi va hozirgi prezidentlik davrida Kiyev rahbariyatini bir necha bor tanqid ostiga olib, ularni tinchlik muzokaralaridan qochishda va cheksiz moliyaviy yordam talab qilishda ayblagan edi. Xususan, 2025-yil boshida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda tomonlar o'rtasida qizg'in bahslar kelib chiqqani, shuningdek, Amerika yetakchisi Zelenskiyni "saylovlarsiz diktator" deb atagani xotirlanmoqda. Ekspertlarning fikricha, joriy iqtisodiy qiyinchiliklar va yoqilg'i inqirozi G'arb mamlakatlaridagi siyosiy barqarorlikka jiddiy putur yetkazmoqda.

Source: www.aljazeera.com