Bosib olingan G‘arbiy sohilning Xalil (Hebron) shahridagi mahalliy aholi kundalik hayotda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Isroil rejimi vakillari shahar Eski shahar qismining tor ko‘chalarida yana uchta temir darvoza o‘rnatgani xabar qilinmoqda. Ushbu sun'iy to‘siqlar mahalliy falastinliklarning harakat erkinligini yanada cheklashga qaratilgani aytilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur darvozalar al-Zahid yo‘li hamda al-Shalala ko‘chasining turli qismlarida paydo bo‘lgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy sohildagi barcha nazorat punktlari va harakat to‘siqlarining salmoqli qismi aynan Xalil shahrining Isroil nazoratidagi H2 zonasiga to‘g‘ri keladi.
Mahalliy aholi va shahar hokimiyatining ta'kidlashicha, bunday choralar iqtisodiy faoliyatni falaj qilib, odamlarni o‘z uyiga borishida ham sun'iy to‘siqlarni yuzaga keltirmoqda. Shuningdek, so‘nggi yillarda o‘rnatilgan qattiq rejim va muntazam komendantlik soatlari mahalliy aholining hayotini og‘irlashtirib, hududni kimsasiz manzilga aylantirib qo‘yayotgani taxmin qilinmoqda.
Source: www.aljazeera.com