Nepal markaziy qismida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida turar joy binolari vayron bo‘lib, kamida besh kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda rasmiy idoralar ma'lum qildi, deb xabar beradi xalqaro axborot agentliklari.
Gorkha tumanidagi Chumnubri qishlog‘ida qayd etilgan ko‘chki Budhi Gandaki daryosining o‘zanini to‘sib qo‘ygan. Natijada daryoning quyi qismida jiddiy toshqinlar kelib chiqqani aytilmoqda. Mamlakatning Milliy tabiiy ofatlarni kamaytirish va boshqarish boshqarmasi (NDRRMA) bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ikki ayol va uch erkak bedarak yo‘qolgan deb topilgan.
Tabiiy ofat oqibatida o‘nlab uylar, ikkita osma ko‘prik suv ostida qolgan va gidroelektr stansiyasi loyiha lageri jiddiy shikastlangan. Shuningdek, Gorkha va Dhading tumanlarini bog‘lovchi avtomobil yo‘li ko‘prigi ham vayron bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Rasmiylar daryo bo‘ylarida yashovchi aholini evakuatsiya qilishga chaqirgan. Qidiruv-qutruv ishlari davom etayotgani, politsiya va armiya vertolyotlar yordamida vaziyatni nazorat qilayotgani aytilmoqda.
Source: www.aljazeera.com