Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Nepal gʻarbidagi Bardiya milliy bogʻi yaqinida BBC tasvirga olish guruhi tomonidan tabiatda kam uchraydigan holat qayd etildi. Goma laqabli urgʻochi yoʻlbars oʻzining ikki bolasidan tashqari, boshqa urgʻochining uch bolasiga ham qarab turgani aniqlandi. Ushbu jarayon davomida ikkinchi ona oziqlanish uchun ketgani aytilmoqda.

Hodisa mutaxassislar orasida qiziqish uygʻotgan boʻlsa-da, uni baholashda ehtiyotkorlik talab etiladi. Loyiha ishtirokchilari bu holatni oʻzlariga maʼlum boʻlgan ilk holat sifatida taqdim etishayotganiga qarammay, yirtqichlarning yashirin turmush tarzi tufayli bunday munosabatlarning haqiqiy koʻlami va sabablari toʻliq oʻrganilmagan.

Mutaxassislarning taxmin qilishicha, Goma va Jugini laqabli ikkinchi urgʻochi yoʻlbars oʻrtasida qarindoshlik aloqalari boʻlishi mumkin, xususan, Goma uning onasi boʻlishi ehtimoli ilgari surilmoqda. Biroq, bu farazlar hali genetik tahlillar orqali toʻliq tasdiqlanmagani bois, hodisaning asl sabablari va tabiatdagi ahamiyati bahsliligicha qolmoqda.

Source: kun.uz