Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yerda Quyoshning sharqdan chiqib, gʻarbga botishi odatiy hol sanalsa-da, boshqa sayyoralarda kun va tun almashinuvi mutlaqo oʻzgacha kechadi. Bunday hodisalarga sayyoralarning oʻz oʻqi atrofida aylanish tezligi, yoʻnalishi va oʻqining ogʻmaligi sabab boʻlishi aytiladi.

Xususan, Uran sayyorasi oʻz oʻqi atrofida qariyb 98 daraja ogʻgan holda harakatlanishi sababli, uning qutblarida 42 yil davom etadigan uzluksiz kunduz va shuncha davom etadigan tun kuzatiladi. Olimlarning taʼkidlashicha, Uranning bunday gʻayrioddiy holatiga qadimgi davrlarda yirik osmon jismi bilan sodir boʻlgan toʻqnashuv sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Merkuriy sayyorasida ham oʻziga xos qiziq jarayonlar roʻy berib, bu yerda bir quyosh sutkasi taxminan 176 Yer kuniga teng keladi. Sayyora Quyoshga yaqinlashgan vaqtda uning orbital tezligi oʻz oʻqi atrofidagi aylanish tezligidan oshib ketishi oqibatida, Quyosh osmonda qisqa muddatga teskari harakatlangandek tuyulishi kuzatiladi.

Mutaxassislarning fikricha, bunday murakkab astronomik sharoitlar Quyosh sistemasidagi sayyoralarning shakllanish tarixi hamda ularning oʻziga xos dinamik xususiyatlarini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Source: kun.uz