Isroil rejimi Guvohlik berilishicha, AQSh vositachiligida tuzilgan sulh bitimini buzgan holda G'azo sektoridagi harbiy nazoratini yanada kengaytirdi. Oqibatda mahalliy aholi qamal ostidagi hududning yanada kichikroq qismiga siqib chiqarilmoqda va minglab oilalar og'ir gumanitar inqirozga yuz tutmoqda.
Ma'lum qilinishicha, hozirda G'azo hududining deyarli uchdan ikki qismi Isroil harbiylari nazorati ostida yoki kirish cheklangan zonalarga aylantirilgan. Oldinroq AQSh rahbariyati tomonidan e'lon qilingan shartlarga zid ravishda, isroillik harbiylar o'z pozitsiyalarini bosqichma-bosqich ortga tortish o'rniga, yangi hududlarni egallab olgani aytilmoqda.
Oxirgi voqealar davomida harbiylar Shujayea tumanida maxsus to'siqlarni g'arbga tomon surib, falastinlik oilalarni yana bir bor o'z uylarini tark etishga majbur qildi. G'azodagi aholining qariyb 90 foizdan ortig'i urush boshlanganidan beri majburiy ravishda ko'chirilgan bo'lib, ular chodirlar va vayronaga aylangan boshpanalarda kun kechirmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning ma'lumotlariga ko'ra, qolgan kichik hududda aholi zichligi keskin oshib ketgan. Har bir fuqaroga to'g'ri keladigan yer maydoni misqollab qisqarib, gumanitar yordam yetkazish va chodir shaharchalarini suv toshqinlaridan saqlash imkonsiz bo'lib qolayotgani ta'kidlanmoqda.
Source: www.aljazeera.com