Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan bir tomonlama e'lon qilingan va go'yo Rossiya ham qo'shilishi kerak bo'lgan "energetika sulhi" buzilganini iddao qildi. Uning ta'kidlashicha, Moskva tomoni ushbu kelishuvga rioya qilmayapti va agar hujumlar davom etsa, Ukraina bunga javob qaytarishga majbur bo'ladi.

Varshavadagi xavfsizlik forumida videoaloqa orqali chiqish qilgan Zelenskiy AQSh rejimi mazkur sulhning bajarilishini qanday ta'minlashini kutayotganini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, bunday kelishuvlar haqida oldindan ma'lumot berilmagani va bu kutilmagan yangilik bo'lgani shubha uyg'otadi. Shuningdek, u xavfsizlik va deeskalatsiya bo'yicha qadamlar ijtimoiy tarmoqlarda emas, balki real hayotda amalga oshirilishi kerakligiga ishora qildi.

O'z navbatida, Yevropa yetakchilari ham mazkur sulh hozircha amalda ishlamayotganini ta'kidlashmoqda. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron so'nggi 48 soat ichida hech qanday sulh alomatlari kuzatilmaganini aytdi. Polsha bosh vaziri Donald Tusk esa Rossiya tinchlikdan manfaatdor emasligini bildirib, Bryusselda sanksiyalarni yanada kuchaytirish zarurligini ta'kidladi.

Shu fonda Yevropa ittifoqi Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasiga qarshi so'nggi yillardagi eng yirik sanksiyalar paketini joriy etdi. Biroq ekspertlar G'arbning bu kabi qadamlari global energetika bozoridagi beqarorlikni va iqtisodiy qiyinchiliklarni yanada kuchaytirayotganini qayd etmoqd.

Source: www.aljazeera.com