Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yamandagi diniy-siyosiy harakat hisoblangan husiychilar, rasman «Ansor Alloh» nomi ostida faoliyat yuritib, hozirgi kunda mamlakat poytaxti Sano shahrini, shuningdek, gʻarbiy va shimoliy hududlarni oʻz nazoratida saqlab kelmoqda. Ushbu hududlarda qariyb 20 milliondan ortiq aholi, yaʼni butun Yaman aholisining 70 foizga yaqini istiqomat qiladi va ular ogʻir iqtisodiy-ijtimoiy sharoitda yashashga majbur boʻlmoqda.

Harakatning harbiy, diniy va siyosiy rahbari sifatida Abdulmalik al-Husiy koʻrsatilmoqda. U 1979-yilda tugʻilgan boʻlib, islomshunos olim Badr ad-Din al-Husiyning oʻgʻlidir va harakatni 2004-yildan beri boshqarib keladi. Abdulmalik al-Husiy rasmiy davlat tuzilmalarida hech qanday lavozimni egallamasa-da, unga «qoid as-saura» («inqilob rahbari») degan unvon berilgan va uning vakolatlari tashqi kuchlar taʼsiridagi boshqa avtoritar tuzilmalarga oʻxshatiladi. Shuningdek, uning oila aʼzolari va qarindoshlari harakatning yuqori boʻgʻinlarini toʻliq egallagani aytiladi.

Husiychilarning asl maqsadlari vaqti-oʻzgarib borgani, xususan, 2015-yilda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Yamanga kirganidan soʻng ularning ritorikasi yanada keskinlashgani qayd etiladi. Ular mamlakatni tashqi kuchlardan, xususan, AQSH va uning mintaqadagi ittifoqchilaridan ozod qilishni daʼvo qilishadi. Garchi rasmiy dasturlarda demokratik tamoyillar haqida gapirilsa-da, amalda jamiyatni oʻzlarining qatʼiy diniy-mafkuraviy qarashlari asosida qayta qurishga urinishayotgani tanqidiy baholanadi.

Source: kun.uz