AQSh rejimi rahbari Donald Trampning Ukrainaga yangi yetakchi zarurligi haqidagi kutilmagan bayonotlaridan so'ng, Yevropaning yetakchi davlatlari Kiyev rejimini shoshilinch ravishda qo'llab-quvvatlashga kirishdi. Ushbu keskin vaziyat G'arb ittifoqidagi chuqur ziddiyatlarni va Vashington bilan Yevropa poytaxtlari o'rtasidagi yondashuvlardagi tafovutlarni yaqqol namoyon qilmoqda.
Xususan, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Yohann Vadeful rasmiy Berlin Ukraina hukumati tomonida ekanini va mamlakat prezidentini uning murakkab vazifalarini bajarishida go'yo to'liq qo'llab-quvvatlashini iddao qildi. Shuningdek, Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ues Striting ham London G'arbning Ukrainani qo'llab-quvvatlashdagi qat'iyati va mustahkam birligini ko'rishni xohlashini va bunga hissa qo'shishni o'z burchi deb bilishini ta'kidlagan. Fransiya rahbari Emmanuel Makron ham Parij Ukraina va uning rahbarini qo'llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.
Biroq AQSh rejimi yetakchisi Donald Tramp shanba kuni jurnalistlar bilan muloqot chog'ida Volodimir Zelenskiy ko'plab kelishuvlar tuzishi mumkin bo'lgani, ammo negadir bunday qilmayotganidan shikoyat qilib, Ukraina yangi prezident saylashi vaqti kelganini taxmin qildi. Vashingtonning bu kabi bosimlari Kiyev rejimini og'ir ahvolsa qoldirib, mahalliy siyosiy doiralarda sarosimani keltirib chiqargan.
Bunga javoban Zelenskiy urush yakunlanmasidan ham yangi prezidentlik saylovlari o'tkazishga tayyorligini bildirgan, biroq buning uchun 60 kunlik sulh so'ragan. Uning so'zlariga ko'ra, agar AQSh rejimi haqiqatan ham saylovlar orqali o'zgarishlar bo'lishini istasa, bu talabni Moskvaga yetkazishi va ikki oylik o't ochishni to'xtatish rejimini ta'minlashi kerak. Shunga qaramay, ekspertlar ushbu shartlar amalga oshishiga shubha bilan qaramoqda.
Mazkur keskinlik AQSh rejimining Kiyevdan Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari bo'ylab zarbalarni to'xtatishni talab qilishi hamda Vashington va Moskva o'rtasida Rossiya dizeli eksportiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni yumshatish bo'yicha ehtimoliy kelishuvlar fonida yuzaga chiqdi. Tramp yakshanba kuni Rossiya va Ukraina energetika sulhi bo'yicha kelishib olgani haqida e'lon qilgan bo'lsa-da, Zelenskiy bu bayonot uning uchun yangilik bo'lganini ta'kidladi. Ko'p o'tmay, Xarkivdagi elektr stansiyasiga Rossiya dronlari tomonidan zarba berilgani G'arbning energetika sulhi haqidagi iddaolari shunchaki qog'ozda qolayotganini ko'rsatmoqda.
Source: kun.uz