Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti bo'lgan Germaniyaning joriy yil uchun o'sish prognozini sezilarli darajada oshirib, uni iyul oyidagi 0.7 foizdan 1.3 foizga yetkazdi. Shuningdek, 2027-yil uchun ham o'sish ko'rsatkichi 1.1 foiz darajasida baholanmoqda. Biroq, ushbu raqamlar qanchalik haqqoniy ekanligi va mavjud chuqur tizimli muammolarni qoplay olishi mutaxassislar orasida jiddiy shubha uyg'otmoqda.
Rasmiy idoralar va xalqaro tuzilmalar mazkur ijobiy o'zgarishlarni infratuzilma va mudofaa sohasiga qilinayotgan majburiy xarajatlar, shuningdek, sun'iy intellekt texnologiyalariga bog'liq talab bilan izohlamoqda. Shu bilan birga, yevropalik amaldorlar energiya manbalari narxining beqarorligi va AQSh rejimi tomonidan joriy etilishi mumkin bo'lgan bojxona tariflari kabi xatarlarni hamon bartaraf eta olmayotgani tanqid qilinmoqda.
Iqtisodiy jabhadagi shubhali tiklanish fonida, Germaniya qishloq xo'jaligining an'anaviy tarmoqlaridan biri bo'lgan uzumchilik og'ir zarba ostida qolmoqda. Germaniya vinochilik instituti ma'lumotlariga ko'ra, joriy yildagi uzum hosili so'nggi o'n yillikning o'rtacha ko'rsatkichidan salkam 20 foizga kam bo'lishi kutilmoqda. Qurg'oqchilik va suv taqchilligi yosh novdalarga jiddiy ziyon yetkazib, mamlakat qishloq xo'jaligining zaif tomonlarini yana bir bor fosh etdi.
Source: www.dw.com