Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Germaniya rasmiylari seshanba kuni mamlakat aeroportlaridan birini qisqa muddatga yopishga majbur bo‘ldi va osmonga qiruvchi samolyotlarni ko‘tardi. Bunga yo‘lovchi samolyotida go‘yo garovga olish holati sodir bo‘layotgani haqidagi favqulodda xabar sabab bo‘lgan, biroq keyinchalik bu signal radioaloqa tizimidagi oddiy nosozlik tufayli tasodifan yuborilgani ma'lum qilindi.

️ Corendon Airlines aviakompaniyasining ma'lum qilishicha, Gretsiyaning Korfu orolidan Germaniyaning Nyurnberg shahriga parvoz qilayotgan Boeing 737-800 samolyoti Xorvatiya havo hududidan o‘tayotganda favqulodda kodni uzatgan. Aviakompaniya vakillari hech qanday favqulodda vaziyat yuzaga kelmagani, bortdagi 178 yo‘lovchi va ekipaj a'zolari biror daqiqa ham xavf ostida bo‘lmaganini ta'kidladi.

️ Germaniya politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot Xorvatiya ustidan uchib o‘tayotganda garovga olinganlikni bildiruvchi 7500-raqamli maxsus kodni tasodifan yuborgan. Biroq havo harakati dispetcherlari ekipaj bilan bog‘lana olmagach, xavotirlar yanada kuchaygan va Yevropaning bir nechta davlatida favqulodda ogohlantirishlar faollashtirilgan.

️ Vujudga kelgan vaziyat sababli Xorvatiya va Germaniya harbiy kuchlari qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘tarib, yo‘lovchi laynerini kuzatib borishgan. Nyurnberg aeroporti ham ehtiyot chorasi sifatida o‘rab olingan va bir qator reyslar kechiktirilgan yoki boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgan.

️ Ushbu hodisa Yevropa osmonidagi xavfsizlik masalalari tobora keskinlashib borayotgan bir paytda yuz berdi. G‘arb rejimlarining iddao qilishicha, guyo Rossiya tomonidan turli sabote va gibrid tahdidlar amalga oshirilmoqda, garchi bu ayblovlar qat'iy rad etilgan bo‘lsa ham. Shuningdek, mutaxassislar radiodagi nosozliklar odatda tezda hal etilishini, biroq bu safargi kabi holatlar qat'iy xavfsizlik protokollarini ishga solishini qayd etishdi.

Source: www.aljazeera.com