Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh federal sudyasi Timoti Kelli mamlakat prezidenti Donald Tramp tomonidan Oq uy brifinglaridan chetlatilishga urinilgan bir nechta yetakchi ommaviy axborot vositalari uchun kirish huquqini uzaytirdi. Ushbu qadam Amerika yetakchisining matbuot erkinligi va so‘z erkinligini cheklashga qaratilgan harakatlari fonida yuzaga keldi.

Sudya Kellining ta'kidlashicha, AQSh rejimining rahbari CNN, MS Now va Politico kabi nashrlarning Oq uyda qatnashishini taqiqlash orqali qonunni buzgan bo'lishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur taqiq AQSh Konstitutsiyasining Birinchi tuzatilishini qo‘pol ravishda buzib, nashrlarning dunyoqarashi va siyosiy pozitsiyasiga asoslangan kamsitish sifatida baholanishi kerak.

Donald Tramp mazkur nashrlar go‘yo davlat rahbarini yoritishda doimiy ravishda yolg‘on va to‘qima xabarlar tarqatishini iddao qilib, ularni brifinglardan mahrum qilgandi. Biroq, Adliya vazirligi keyinchalik bu ruxsatnomalar go‘yo milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilinganini vaj qilib ko'rsatishga urindi, biroq sudya bu da'volarni asossiz deb topdi.

Sud qarori ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar yoki apellyatsiya sudi aralashmaguncha o‘z kuchida qoladi. Mutaxassislar va matbuot erkinligi faollari ushbu mojaro AQSh rejimining ommaviy axborot vositalari ustidan nazorat o‘rnatish va qulay yoritishni talab qilish urinishlaridan biri ekanini ta'kidlamoqda.

Source: www.aljazeera.com