Vatikan tomonidan e'lon qilingan shifokorlarning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Rim papasi Leo XIV o'pka saratoni bo'yicha og'ir jarrohlik amaliyotidan keyin o'rnidan turib, xona bo'ylab yura boshlagan, shuningdek, ovqatlanishni tiklagan. 71 yoshli pontifik nafas olish fizioterapiyasidan o'tgan bo'lib, uning ahvoli mutaxassislar nazorati ostida ijobiy kechmoqda.
Shifokorlar Luigi Carbone va Stefano Margaritoraning so'zlariga ko'ra, o'tkazilgan qon tahlillari va ko'krak qafasi rentgenogrammasi natijalari operatsiyadan keyingi odatiy holatni ko'rsatmoqda. Barcha ko'rsatkichlar amalga oshirilgan muolaja turi uchun kutilgan me'yorlar doirasida ekani aytilmoqda.
Vatikan tarqatgan xabarlarga ko'ra, 90 daqiqa davom etgan operatsiya davomida pontifikning o'ng o'pka pastki bo'lagi olib tashlangan va gistologik tekshiruvlar adenokarsinoma tashxisini tasdiqlagan. Shifokorlar hozircha kimyoterapiya yoki qo'shimcha muolajalar haqida aniq fikr bildirmag qo'shib, keyingi tahlil natijalarini kutishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Rimdagi Gemelli shifoxonasida davolanayotgan Pontifikning oktyabr oyigacha rejalashtirilgan barcha ommaviy uchrashuvlari bekor qilingan. U shifoxonada yana bir hafta davomida tibbiy nazorat ostida bo'lishi kutilmoqda.
Source: www.aljazeera.com