Daniya Tashqi vazirligi AQSh rejimining Grenlandiya tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish rejalariga qat'iy chek qo‘yishga urinmoqda. Rasmiy Kopengagen o‘tgan oy imzolangan kelishuv AQSh rejimiga hech qanday imtiyozli huquq bermasligini va barcha qoidalar saqlanib qolishini qat'iy ta'kidladi.
Oldinroq AQSh rejimining sobiq rahbari Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Grenlandiyada neft, gaz va foydali qazilmalarni qazib olish ishlari tez orada boshlanishini iddao qilgan edi. Biroq Daniya tomoni bu kabi bayonotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va mahalliy qonunchilikka zid ekanini bildirmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, tomonlar o‘rtasidagi tuzilgan kelishuv faqatgina Pituffik kosmik bazasini kengaytirish va yangi harbiy obyektlarni joylashtirishni nazarda tutadi, xolos. Shartnomada foydali qazilmalarni qazib olish yoki neft qidirish bo‘yicha hech qanday bandlar mavjud emasligi ta'kidlanmoqda.
Source: www.aljazeera.com