Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Meksika sudi mamlakat migratsiya agentligining sobiq rahbari Fransisko Gardunoga nisbatan ochilgan jinoiy ishni rasman yopdi. Ushbu qaror 2023-yilda Syudad-Xuares shahridagi hibsxona yong‘inida halok bo‘lgan 40 nafar muhojir va jarohatlangan boshqa shaxslarning ishida adolat qidirayotgan jabrlanuvchilar va huquq himoyachilarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Sobiq amaldor hibqxona xavfsizlik qoidalarini buzish va xizmat vazifasini bajarishdan bo‘yin tovlashda ayblanayotgan edi, biroq sudya Viktor Manlio Ernandes Kalderon uning talab qilingan shartlarni bajarib, yetkazilgan zararni qoplaganini da'vo qildi.

Fojiali voqea 2023-yil 27-mart kuni sodir bo‘lgan edi. O‘shanda AQSh chegarasi yaqinidagi muhojirlarni saqlash markazida taxminan 70 nafar erkak havo aylanishi bo‘lmagan va suvsiz qamoqxonaga mahbus qilingandek tiqishtirilgan. Norozilik sifatida mahbuslar matraslarni yoqib yuborgan, biroq xavfsizlik kameralari yozib olgan kadrlar qo‘riqchilarning yordam so‘ragan insonlarni o‘z holiga tashlab qochganini yaqqol ko‘rsatgandi. Favqulodda vaziyatda eshiklar ochilmagani oqibatida ko‘pchilik Markaziy Amerika va Venesueladan kelgan muhojirlar halok bo‘lgan edi.

Huquqni muhofoya qiluvchi tashkilotlar va jabrlanuvchilarning advokatlari sud qarorini keskin qoralab, uni amalda aybdorni oqlash deb atashdi. Adliya jamg‘armasi vakili Migel Sentenoning ta'kidlashicha, Garduno talab qilingan tovon pulini o‘z cho‘ntagidan emas, balki bevosita Migratsiya milliy instituti hisobidan to‘lagan, tibbiy xizmatlardan foydalanish tartibi esa jabrlanuvchilarga umuman tushuntirilmagan. Rasmiy kechirim so‘rash jarayoni ham faqatgina yuzaki shakl bo‘lib qolgani aytilmoqda.

Jabrlanuvchilar va ularning huquqiy vakillari mazkur sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati kiritishlarini e'lon qilishdi. Ularning fikricha, Meksikadagi sud tizimi tanlanma ravishda ish ko‘rsatmoqda va mamlakatdagi siyosiy doiralar amaldorlarning jazosiz qolishini ta'minlamoqda. Ushbu fojia Meksika migratsiya tizimidagi chuqur korrupsiya va tartibsizliklarni fosh qilgan eng qonli hodiralardan biri sifatida tarixda qolganiga qaramay, aybdorlar hanuzgacha to‘liq javobgarlikka tortilmagani jamoatchilikda jiddiy norozilik uyg‘otmoqda.

Source: www.aljazeera.com