AQSh rejimining sobiq va bo'lajak rahbari Donald Tramp Arizona shtatining Bullxed-Siti shahrida bo'lib o'tgan saylovoldi mitingida matbuotga maxfiy ma'lumotlarni sizdirayotgan shaxslarni o'lim jazosiga hukm qilish kerakligini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, bunday qilmish davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi va qattiq jazolanishi lozim.
Tramp o'z nutqida iyun oyida Eron yadro obyektlariga qilingan kutilmagan hujum tafsilotlari matbuotda e'lon qilinganidan qattiq g'azabda ekanini yashirmadi. Uning ta'kidlashicha, go'yo ayrim amaldorlar hujum vaqti va yo'nalishini OAVga yetkazib bergan, bu esa harbiy xizmatchilar hayotini xavf ostiga qo'ygan. Oqibatda hujum rejasini ikki kunga o'zgartirishga to'g'ri kelgani da'vo qilinmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, AQSh Mudofaa razvedka boshqarmasining yopiq hisoboti tarqalib ketgan bo'lib, unda Eron o'z boyitilgan uranini bombardimon qilingan hududlardan ko'chirib ulgurgani va yetkazilgan zarar Tramp aytgandan ancha kamligi keltirilgan edi. Ushbu xabarlar mamlakat siyosiy doiralarida va OAVda keng muhokamalarga sabab bo'ldi.
Amerikalik siyosatchi va uning ma'muriyati ilgari ham matbuotga sizib chiqqan ma'lumotlar yuzasidan keskin choralar ko'rgan edi. Xususan, harbiylar va xodimlar poligraf testlaridan o'tkazilib, jurnalistlarga bosim o'tkazishga urinishlar bo'lgan. Ushbu voqealar AQSh rejimida erkin matbuot va maxfiy ma'lumotlar almashinuvi borasidagi muammolar haligacha saqlanib qolayotganini ko'rsatmoqda.
Source: www.aljazeera.com