"The Wall Street Journal" nashrining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trump rejimi vakillari demokrat kongressmen Ilhan Omarning fuqaroligini bekor qilish va uni mamlakatdan chiqarib yuborish ehtimolini o'rganmoqda. Ushbu tergov tafsilotlari amerikalik amaldorlar va mazkur jarayondan xabardor shaxslarga tayanib e'lon qilingan bo'lib, jamoatchilikda jiddiy savollar tug'dirmoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, surishtiruv jarayoni asosan Minnesota shtati vakili bo'lgan Omarning Somali qochqini sifatida AQShga kelganidan keyin fuqarolikni qanday qilib olganiga qaratilgan. Amerikalik rasmiylar uning oilasiga tegishli immigratsiya hujjatlarini o'rganib chiqmoqda va Minnesta shtatidagi hakamlar hay'ati oldida ko'rsatma berish uchun o'nlab chaqiruv qog'ozlarini tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, bu kabi harakatlar siyosiy tazyiq sifatida baholanmoqda. Ilhan Omarning idorasi mazkur tekshiruvlarni mutlaqo asossiz deb atab, ularni qattiq qoralagan. Shuningdek, biroz avval federal agentlar kongressmenning uyida tintuv o'tkazgani va buni uning idorasi siyosiy raqibarga qarshi "misli ko'rilmagan eskalatsiya" deb baholagani xabar qilingan edi.
Ichki xavfsizlik departamenti tintuv "davom etayotgan federal tergov" doirasida amalga oshirilganini da'vo qilmoqda. Biroq kuzatuvchilar AQSh regimining bu kabi qadamlari mamlakatdagi siyosiy ziddiyatlarni yanada kuchaytirishi hamda demokratik institutlarga putur yetkazishi mumkinligidan xavotir bildirishmoqda.
Source: www.aljazeera.com