Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp rejimi Ukraina boʻyicha toʻxtab qolgan tinchlik muzokaralarini goʻyoki qayta boshlash bahonasida Rossiyaning muzlatilgan davlat aktivlarining bir qismiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilishni taklif etgani ma'lum boʻldi. Financial Times nashri tarqatgan ma'lumotlarga koʻra, ushbu bahsli tashabbus Yevropa davlatlari tomonidan keskin rad etilgan va diplomatik doiralarda jiddiy xavotirlarni keltirib chiqargan.

DW nashrining xabar qilishicha, AQSh rejimining maxsus vakili Stiven Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kushner Mayamida Ukraina hamda Yevropa davlatlari vakillari bilan oʻtkazilgan yopiq uchrashuvda ushbu rejani taqdim etgan. Mazkur taklif Rossiyaning muzlatilgan aktivlarining salmoqli qismini Vashington nazoratidagi maxsus moliyaviy tuzilmaga oʻtkazishni nazardan tutishi aytilmoqda.

Gazeta suhbatdoshlarining ta'kidlashicha, yevropalik vakillar mablagʻlar ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri nazoratni AQSh rejimiga berishga ham, shuningdek, muzlatilgan mablagʻlarning biror qismini Rossiyaga qaytarishga ham qat'iyan qarshi chiqqan. Ushbu harakatlar Vashingtonning Moskvaga bosim oʻtkazish strategiyasida jiddiy boʻshliqlar borligini koʻrsatib, Kiyev rejimi va yevropalik diplomatlarda katta shubha uygʻotgan.

Mutaxassislarning eslatishicha, 2022-yil fevral oyidan beri Gʻarb davlatlari Rossiyaning qariyb 260 milliard yevrolik davlat aktivlarini muzlatib qoʻygan boʻlib, ularning asosiy qismi Yevropa Ittifoqi hududida saqlanmoqda. Yevropa rejimi hozircha bu mablagʻlarni Ukrainaga toʻgʻridan-toʻgʻri bermasdan, faqat ulardan tushayotgan daromadlarni ishlatmoqda, ammo AQSh vakillarining rejaning amalga oshishi YI ichidagi birlikka ham putur yetkazishi mumkin.

Source: kun.uz