Ijtimoiy tarmoq ma'muriyati noyabr oyida bo'lib o'tadigan AQSh oraliq saylovlari oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirgani haqida bayonot berdi. Unga ko'ra, X platformasi Eron, Rossiya va Xitoy bilan aloqador deb taxmin qilinayotgan xorijiy ta'sir ko'rsatish operatsiyalariga aloqador 13 mingdan ortiq akkauntni to'xtatib qo'yganini e'lon qildi.
Kompaniyaning ta'kidlashicha, olib borilgan tekshiruvlar mazkur tarmoqlar soxta akkauntlar yordamida siyosiy mazmundagi kontentni tarqatgani va uni faollashtirganini ko'rsatgan. Mazkur harakatlar siyosiy doiradagi nomzodlar hamda jamoat arboblariga qaratilgani aytilmoqda.
Shuningdek, xabarlarda keltirilishicha, ushbu shubhali sahifalar spet va muvofiqlashtirilmagan soxta xatti-harakatlarga qarshi qoidalar doirasida aniqlangan. Amerikalik mulozimlar va g'arbiy siyosatchilarning fikricha, bunday tashqi aralashuvlar mamlakatdagi saylov jarayonlariga putur yetkazishni maqsad qilgan.
Shu bilan birga, X rahbariyati saylov kuni ovoz berish tartibi, vaqti va joyi haqida chalg'ituvchi ma'lumotlar tarqatishga qarshi qat'iy qoidalar joriy etilganini ma'lum qildi. Bu kabi qoidabuzarliklarga nisbatan tezkor choralar ko'rilishi, zarurat tug'ilganda esa postlarga ogohlantiruvchi yorliqlar qo'yilishi ta'kidlandi.
Source: www.aljazeera.com