Oxirgi yillarda Xitoyning iste'mol texnologiyalari brendlari butun dunyo bo'ylab o'z mavqeini sezilarli darajada mustahkamladi. Action-kameralardan tortib elektromobillar va robot-changyutgislargacha bo'lgan sohalarda xitoylik ishlab chiqaruvchilar ilgari ustunlik qilgan G'arb kompaniyalarini ortda qoldirmoqda. Mutaxassislarning fikricha, "Made in China" yorlig'i endilikda arzon va past sifatli mahsulot ma'nosini anglatmaydi.
Masalan, bir vaqtlar bozorning 70 foizdan ortig'ini egallagan Amerikaning GoPro kompaniyasi bugungi kunda shiddatli raqobat sharoitida omon qolish uchun kurashmoqda. Uning o'rnini DJI va Insta360 kabi Xitoy brendlari egallab, global savdoning 90 foizidan ko'prog'ini nazorat qilmoqda. Shuningdek, elektromobillar bozorida ham BYD va Xpeng kabi kompaniyalar Tesla kabi eski gigantlarni ortda qoldirib, yetakchilikni qo'lga kiritdi.
Biroq ushbu global kengayish fonda jiddiy xavotirlar ham saqlanib qolmoqda. O'tkazilgan so'rovlarga ko'ra, yevropaliklarning 90 foizdan ortig'i Xitoy texnologiya kompaniyalariga o'z ma'lumotlarini ishonib topshirmaydi. Shaxsiy daxlsizlik va ehtimoliy josuslik xavfi sababli Yevropa va AQSh rejimi Xitoy mahsulotlariga nisbatan bojxona to'lovlarini oshirish hamda qattiq cheklovlarni joriy etishga majbur bo'lmoqda.
G'arbiy rejimlar tomonidan kiritilayotgan savdo to'siqlari va cheklovlar Xitoy kompaniyalarini yangi strategiyalarni qo'llashga undamoqda. Ekspertlarning ta'kidlashicha, ishlab chiqarishni mahalliy bozorlarga ko'chirish va premium segmentda raqobat qilish orqali xitoylik ishlab chiqaruvchilar bosimlarni chetlab o'tishga harakat qilmoqda. Yevropa korxonalari esa tezkor qarorlar qabul qilish va o'ziga xos bo'shliqlarni topish orqaligina raqobatbardosh bo'lib qolishi mumkin.
Source: www.dw.com