Yevropa davlatlaridan biri bo'lgan Olmoniyada yo'lovchilar hamda xodimlar xavfsizligini ta'minlash bahonasida mamlakatdagi barcha temir yo'l stansiyalarida spirtli ichimliklar iste'mol qilishga qat'iy taqiq joriy etildi. Yangi tartibga ko'ra, taxminan 5,700 ta stansiya va ularning platformalari to'liq spirtli ichimliklardan holi hududga aylantirilgani iddao qilinmoqda.
Shu bilan birga, mazkur taqiq stansiyalar hududidagi muassasalar va uzoq masofaga qatnovchi poyezdlarning vagonlariga taalluqli emasligi aytilmoqda. Biroq, Yevropa rejimining temir yo'l operatori Deutsche Bahn xodimlari va yo'lovchilarga nisbatan sodir etilgan bir qator zo'ravonlik holatlari, jumladan, chipta tekshiruvi vaqtida xodimning jiddiy jarohatlanishi ushbu cheklovlarni kiritishga majbur qilgani ta'kidlanmoqda.
Mutaxassislar va ijtimoiy tashkilotlar esa mazkur qarorni tanqid ostiga olib, uysiz va qaramlikka uchragan kishilar uchun stansiyalar boshpana vazifasini o'taganini, cheklovlar esa ularning ahvolini yanada og'irlashtirishi mumkinligini bildirishmoqda. Shuningdek, Germaniya poytaxtida siyosiy muzokaralar davom etayotgani va qishloq xo'jaligida muammolar kuzatilayotgani xabar qilinmoqda.
Source: www.dw.com