Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimining rahbari Donald Trump 2009 yilda Fort-Hood harbiy bazasida bir necha harbiy xizmatchining hayotiga zomin bo‘lgan shaxsni o‘lim jazosiga tortish jarayoni jonli efirda namoyish etilmasligini ma’lum qildi. Payshanba kuni e’lon qilingan bu bayonot amaldagi ma’muriyatning avvalgi pozitsiyasidan keskin chekinishini anglatadi, chunki o‘tgan hafta Pentagon qatl efirga uzqtirilishini va Trump buni qo‘llab-quvvatlashini iddao qilgan edi.

Shuni ta’kidlash kerakki, agar mazkur ommaviy qatl amalga oshirilganida, bu 1936 yildan beri Qo‘shma Shtatlardagi ilk shunday holat bo‘lar edi. Shu bilan birga, Amerika rahbariyati o‘tmishda boshqa davlatlarning shunga o‘xshash ochiq jazolash amaliyotini muntazam ravishda tanqid qilib kelgani ma’lum.

Trump o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida jinoyatchi Nidal Malik Hasanni qoralab, uni «juda yomon va yovuz odam» deb atagan. Shuningdek, u sobiq prezident Barak Obama davridagi ma’muriyatni 13 kishining umriga zomin bo‘lgan Texasdagi fojia oldidan razvedka xatolariga yo‘l qo‘yganlikda aybladi.

AQSh rejimining rahbarining so‘zlariga ko‘ra, garchi qatlni efirga uzatish terrorchilarga qarshi kurashda o‘ziga xos ogohlantirish bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, ko‘pchilik fuqarolar va yaxshi niyatli insonlar bu qonli jarayonni ekranlar orqali tomosha qilishni istamaydi. U qatl belgilangan muddatda – o‘qqa tutish yo‘li bilan amalga oshirilishini, biroq jarayon translyatsiya qilinmasligini, faqat qurbonlarning yaqin qarindoshlarigina buni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishini tasdiqladi.

Source: www.aljazeera.com