Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin «Delovaya Rossiya» forum-syezdida soʻzga chiqib, Ukraina hukumati Rossiyaning mashhur Wildberries va Ozon elektron tijorat platformalariga hamda boshqa muhim obyektlarga hujum qilishdan avval bunday harakatlarning ogʻir oqibatlarini jiddiy oʻylab koʻrishi kerak boʻlganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Moskva endi bunday tajovuzkor qadamlarga nisbatan oʻz javob choralarini koʻra boshlagan.

Rossiya prezidentining taʼkidlashicha, rasmiy Moskva Kiyev rejimi bunday darajadagi harakatlarga borishini dastlab kutmagan edi. «Ular bunday qadamlarni tashlaydilarki, ochigʻini aytganda, biz bularni oldindan koʻra bilishimiz kerak edi, ammo biz ular bu darajaga bormaydi deb oʻylagandik», deya iddao qilgan Putin forum qatnashchilariga.

Shuningdek, Rossiya rahbari Kiyev rejimi javob qaytarila boshlangach, darhol oʻzining Gʻarbdagi homiylariga murojaat qilib, bosimni toʻxtatishni soʻrab yugurishini daʼvo qildi. Uning soʻzlariga koʻra, energetika infratuzilmasi va neftni qayta ishlash zavodlariga qilingan soʻnggi urinishlar ham hech qanday jiddiy strategik natija bermaganiga qaramay, qarama-qarshilikni yanada kuchaytirmoqda.

Xulosa oʻrnida Putin elektron tijorat va maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari atrofidagi vaziyatni aynan Ukraina tomoni keskinlashtirganini, endi esa bu harakatlarning oqibatlaridan nolishayotganini qayd etdi.

Source: kun.uz