Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimi rahbari Donald Tramp 2009-yilda Tezadagi Fort-Xud harbiy bazasida 13 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan sobiq harbiy psixiatr Nidal Hasan ustidan chiqarilgan o‘lim hukmini jonli efirda namoyish etish niyatidan voz kechdi. Biroq, 3-dekabrga belgilangan otib o‘ldirish shaklidagi qatl o‘z kuchida qolayotgani aytilmoqda.

Avvalroq, AQSh rejimi mudofaa vaziri Pit Xegset qatl jarayoni butun mamlakat bo‘ylab telekanallarda efirga uzatilishini e’lon qilgan edi. Biroq bu g‘oya nafaqat demokratlar, balki respublikachilar orasida ham jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bunday kutilmagan bayonot Pentagon va armiya xodimlarini ham sarosimaga solib qo‘ygan.

O‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Tramp go‘yoki bu chorani terrorchilarga nisbatan ogohlantiruvchi omil sifatida ko‘rganini iddao qildi. Shunga qaramay, u jamiyatning ko‘plab vakillari bunday shafqatsizlikni ko‘rishni istamasligini tan olishga majbur bo‘lgan.

Shunga qaramay, qatl belgilangan muddatda amalga oshirilishi va halok bo‘lganlarning yaqinlari adolat qaror topganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun shaxsan hozir bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlar esa amerikaliklarning mutlaq ko‘pchiligi, jumladan, respublikachilarning ham salmoqli qismi jonli efirga qarshi chiqqanini ko‘rsatdi.

Source: podrobno.uz