Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga uyushtirilgan yirik dron hujumi natijasida kamida bir kishi halok bo'ldi va besh kishi jarohat oldi, deya ma'lum qildi shahar gubernatori Aleksandr Beglov. Hujum oqibatida Sankt-Peterburg neft terminali, Ruchi neft ombori hamda Kolpino tumanidagi sanoat omborlarida yong'inlar kelib chiqqan bo'lib, o't o'chiruvchilar ularni bartaraf etishga harakat qilmoqda.

Shuningdek, hujum chog'ida bir nechta turar-joy binolari va ikkita uy shikastlangan. Rasmiylarning xabar berishicha, mamlakatdagi eng gavjum aeroportlardan biri bo'lgan Sankt-Peterburg asosiy aeroportida parvozlar "xavfsizlik nuqtai nazaridan" cheklangan. Ozon internet-kompaniyasi o'zining logistika markazida yong'in chiqqanini ma'lum qilgan bo'lsa, VK kompaniyasi Leningrad viloyatidagi ma'lumotlar markaziga dronlar hujum qilganini, biroq xizmatlar odatdagi rejimda ishlayotganini bildirdi.

Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenkoning so'zlariga ko'ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari 145 ta dronni urib tushirgan, biroq hujumdan keyin qariyb 20 ming kishi elektr energiyasidan mahrum bo'lgan. TASS davlat axborot agentligi bu so'nggi to'rt yil ichidagi mintaqaga qilingan eng yirik hujum ekanini ta'kidladi.

Ayni paytda, Kiyev rejimi rahbari Volodimir Zelenskiy o'z bayonotlarida Qo'shma Shtatlar va Yevropa yetakchilarining yordami kamayib borayotgan bir paytda Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar berishni qayta boshlashini iddao qildi. Zelenskiyning so'zlariga ko'ra, go'yoki AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan e'lon qilingan "energetika sulhi" buzilgan va Ukraina javob choralarini ko'rishga majbur bo'lmoqda. Biroq, ekspertlar ushbu qarorlar va mojarolarning eskalatsiyasi global iqtisodiyotga jiddiy og'irlik qilayotganini ta'kidlashmoqda.

Source: www.aljazeera.com