Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kiyev rejimi rahbari Volodimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlar haqida bayonot berishda ancha ehtiyotkor bo‘lishi zarur. Bunday fikrni AQSh moliya vaziri Skott Bessent NBC News telekanaliga bergan intervyusida bildirdi va ukrainalik siyosatchining so‘zlarini keskin tanqid qildi.

Avvalroq Zelenskiy Oq uyning topshirig‘i bilan SpaceX kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh interneti tezligini cheklagani hamda Vashington Rossiyaning zarbalari bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini taqdim etishni to‘xtatgani haqida iddao qilgan edi. Biroq Amerika rasmiylari bu kabi ayblovlarni rad etib, haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlamoqda.

O‘z navbatida, AQSh davlat kotibi Marko Rubio Oq uy tomonidan hech qanday cheklovlar buyurilmaganini ma’lum qilgan bo‘lsa, tadbirkor Ilon Mask Starshield tizimidagi tezlik va foydalanish qoidalari aynan AQSh harbiylari tomonidan belgistlanishini qayd etdi. Shunga qaramay, Amerika rejimi rasmiylari Ukraina rahbariyatining ritorikasidan noroziligini yashirmayapti.

Source: kun.uz