Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Sun'iy intellekt sohasidagi yirik kompaniyalardan biri bo'lgan Anthropic jamoatchilik farovonligiga qaratilgan yangi fondni tashkil etish va unga o'z aksiyalarining 5 foizini yo'naltirish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Claude sun'iy intellekt yordamchisi yaratuvchilarining ta'kidlashicha, mazkur qadam texnologiya gigantlariga nisbatan kuchayib borayotgan jamoatchilik va nazorat bosimini yumshatishga qaratilgan bo'lishi mumkin.

Kompaniya bayonotiga ko'ra, aksiyalarni o'tkazish jarayoni aksiyadorlarning roziligiga bog'liq bo'lib, kelgusida kompaniya bozor qiymatining har 50 foizlik o'sishi bilan kengash ixtiyoriga ko'ra qo'shimcha 2 foiz aksiyalar ham fondga qo'shilishi kutilmoqda. AQSh rejimining San-Fransisko shahrida joylashgan mazkur korxonasi o'z bayonotida texnologiya sektoridagi rahbarlarga muntazam ravishda oshib boruvchi mukofotlar berilishi odatiy hol ekanligini, biroq ular buning o'rniga kapitalni jamoatchilik manfaatlariga yo'naltirayotganini iddao qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Anthropic Public Benefit Fund deb nomlangan yangi fond an'anaviy notijorat tashkilotlariga xayriya qilish hamda muayyan aholi qatlamlariga to'g'ridan-to'g'ri yordam ko'rsatish bilan shug'ullanadi. Xususan, sun'iy intellekt rivojlanishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan mehnat bozori inqirozlari va ish o'rinlarining qisqarishi muammolari ham ushbu fond orqali hal qilinishi taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, AQShning Delaver shtatida rasman "jamoat manfaatlari korporatsiyasi" sifatida ro'yxatdan o'tgan kompaniya ushbu mablag'lar AQShda ham, xorijda ham lobbiizm yoki siyosiy ehsonlar uchun ishlatilmasligini va'da qildi. 2021 yilda OpenAI sobiq xodimlari tomonidan asos solingan Anthropic 2026 yil oxirigacha AQSh fond bozorida o'z aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirishni (IPO) rejalashtirmoqda, tahlilchilar esa uning qiymati 2 trillion dollardan oshishini taxmin qilmoqda.

Source: www.aljazeera.com