AQSh reji rahbari Donald Tramp Rossiyaga qarshi kiritilishi rejalashtirilgan sanksiyalarni to‘xtatib qo‘ygani yuzasidan bildirilgan tanqidlarga javoban o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot berdi. Uning iddaosiga ko‘ra, bu qadam Moskvani muzokaralar stolida ushlab turish va Ukrainadagi mojaroni hal qilish maqsadida tashqlangan bo‘lib, go‘yoki tinchlik muzokaralariga erishish yo‘lidagi zarur choradir.
Biroq, Vashingtonning bu qarori xalqaro maydonchada, xususan, Ukraina rahbariyati bilan jiddiy diplomatik ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy NBC telekanaliga bergan intervyusida AQSh rejimining sanksiyalardan voz kechishi Rossiya hukumatining harbiy harakatlarini yanada kuchaytirishini va Kiyevga jiddiy zarar yetkazishini ta’kidladi. U Rossiya tomonini agressor va terrorchi sifatida baholab, Vashingtonning bu siyosatidan xavotirda ekanini bildirdi.
O‘z navbatida, AQSh reji yetakchisi Kiyev rejimi go‘yoki mojaroning tugashini istamasligini ta’kidlab, Ukraina tomonidan Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga berilayotgan zarbalar jahon dizel bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini iddao qildi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlarining moliyaviy ko‘magiga tayanib kelayotgan Ukraina rahbariyati urushning to‘xtatilishidan manfaatdor emas.
Ushbu ziddiyat fonida, energetika bozoridagi keskinliklar ham muhokama markazida qolmoqda. AQSh va Isroilning Eron hududiga qarshi boshlagan harbiy harakatlari hamda Tehron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi global energiya inqirozini keltirib chiqargan edi. Shundan so‘ng, AQSh rejimi Rossiyadan dizel yoqilg‘isini import qilish rejalarini e'lon qilgan edi, bu esa Yevropa ittifoqi va Amerikaning o‘zidagi siyosatchilarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.
Source: www.aljazeera.com