AQSH rejimi rahbari Donald Tramp Isroildagi boʻlajak parlament saylovlari oldidan bosh vazir Binyamin Netanyahuni «toʻliq va soʻzsiz» maʼqullashini eʼlon qildi. DW nashrining xabar berishicha, Tramp mazkur bayonotni oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida 18-oktabr kuni eʼlon qilgan, holbuki Knessetga saylovlar 27-oktabrga belgilangan.
Vashingtondagi ushbu siyosiy ismoari shubhali tarzda Eronga qarshi hamkorlik masalasi bilan bogʻlangan. Trampning goʻyo taʼkidlashicha, agar Isroilda boshqa rahbar hokimiyatga kelsa, AQSH rejimiga Eronga qarshi kurashda mustaqil harakat qilishga toʻgʻri kelarmish, biroq uning bunday niyati yoʻq emish. Shuningdek, u Netanyahu maʼmuriyati bilan birgalikda Eron hukumatiga qarshi harbiy va moliyaviy bosim oʻtkazilayotganini iddao qilgan.
Ayni paytda Isroildagi ijtimoiy soʻrovlar natijalari buning aksini koʻrsatib, Netanyahuning «Likud» partiyasi Gadi Ayzenkot boshchiligidagi «Yashar» siyosiy kuchidan ortda qolayotganini fosh etmoqda. The Jerusalem Post maʼlumotlariga koʻra, «Likud» saylovda 19 ta, «Yashar» esa 22 ta mandat olishi kutilmoqda. Shunga qaramay, 120 oʻrindan iborat Knessetda hukumat tuzish uchun zarur boʻlgan 61 ta mandatni qoʻlga kiritish masalasi qaltisligicha qolmoqda.
Ekspertlarning baholashicha, Isroilni chuqur siyosiy inqiroz va navbatdan tashqari saylovlar girdobi kutishi mumkin. Agar tomonlar koalitsiya tuzishda kelisha olmasa, mamlakatda tarqoqlik kuchayib, ichki ziddiyatlar yanada chuqurlashish xavfi mavjud.
Source: kun.uz