Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Albaniya poytaxti Tiranada olti kundan beri tinch-osuda oʻtmayotgan norozilik namoyishlari fonida mamlakat bosh vaziri Edi Rama oʻz lavozimini tark etish talabini qatʼiyan rad etdi. AFP agentligining xabar berishicha, bir haftaga yaqin davom etayotgan qaltis toʻqnashuvlar natijasida jami 272 kishi, jumladan, 169 nafar huquq-tartibot idoralari xodimlari turli darajada tan jarohati olgan.

DW nashrining maʼlumotiga koʻra, 18-oktabr kuni Tirana shahrida namoyishlar yanada shiddatli tus olgan. Politsiya tartibsizlik qatnashchilariga qarshi suv purkagichlar va koʻzdan yosh oqizuvchi gaz maxsus vositalarini ishga solishga majbur boʻlgan. Noroziliklarning asosiy oʻchoqlaridan biri Taʼlim vazirligi binosi oldi boʻlib, u yerdagi olomon tarqatilgach, gʻazablangan fuqarolar shahar markazining boshqa qismlariga tarqalib ketgan va toʻqnashuvlar bir necha soat davom etgan.

Guvohlar va axborot agentliklarining tarqatgan maʼlumotlariga koʻra, ayrim namoyishchilar huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarga qarshi toshlar, yonuvchi aralashma solingan shishalar va pirotexnika vositalarini oʻqqa tutgan. Shuningdek, shaharda chiqindi qutilari yoqib yuborilgan, hukmron partiya qarorgohining derazalari sindirilgan, politsiya boʻlimi hamda Ichki ishlar vazirligi binosining kirish qismiga oʻt qoʻyilishiga qadar borilgan. Faqatgina 18-oktabrning oʻzida 28 kishi jarohatlangan boʻlib, ularning 19 nafari politsiya xodimlari hisoblanadi.

Yuzaga kelgan keskin vaziyat ortidan Yevropa rejimining vakili boʻlgan Edi Rama xalqqa videomurojaat yoʻllagan. Bir soatdan ortiq davom etgan chiqishida u isteʼfoga chiqmasligini taʼkidlab, yuz berayotgan aksiyalar ortida guvohlar va dalillarsiz ravishda «tashqi kuchlar» turganini daʼvo qilishga uringan. Xususan, bosh vazir Rossiya va Eron omillarini tilga olib, talabalar goʻyo ularga aloqasi boʻlmagan, niqob taqqan 200–300 kishilik kichik guruh taʼsiriga tushib qolganini iddao qilgan. Biroq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu kabi asossiz ayblovlarni keskin rad etib, koʻchalarga aynan Albaniya fuqarolari chiqqanini eslatgan va Ramani oʻz ichki muammolari uchun masʼuliyatni boshqalarga agʻdarishdan tiyilishga chaqirgan.

Bosh vazir atrofidagi siyosiy tanglik tufayli uning 19-oktabrga belgilangan Venaga rasmiy tashrifi va Avstriya kansleri Kristian Shtoker bilan oʻtkzilishi koʻzlangan muzokaralari oxir-oqibat bekor qilindi. Eslatib oʻtamiz, namoyishlar dastlab 13-oktabr kuni universitetlardagi taʼlim toʻlovlarining yuqoriligi, korrupsiya va boshqa tizimli muammolarni hal qilish talabi bilan boshlangan edi.

Source: kun.uz