Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Keniyada o‘zini vahiy predmeti deb e'lon qilgan Pol Makkenzi va uning 29 nafar safdoshi ishtirokidagi shov-shuvli sud jarayoni boshlandi. Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur shaxslar 191 kishining, jumladan, go‘daklar va yosh bolalarning o‘limida ayblanmoqda. Ushbu fojia dunyo jamoatchiligida katta e'tiroz va xavotir uyg‘otib, diniy tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zaruratini ko‘rsatdi.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, soxta ruhoniy Makkenzi boshchiligidagi guruh o‘z izdoshi bo‘lgan oilalarning bolalarini «Iso bilan uchrashish» bahonasida ataylab ochlikdan o‘lishga majbur qilgan. Shuningdek, uning ta'limotiga ko‘ra zamonaviy ta'lim olish va tibbiy yordamdan foydalanish qat'iyan taqiqlangan bo‘lib, ular «ibtisodiy va ma'naviy yovuzlik» sifatida talqin qilingan. Ayblanuvchilar o‘zlariga qo‘yilgan qotillik ayblarini rad etib, hech kim majburlanmaganini iddao qilmoqdalar.

Shakahola o‘rmon hududidan topilgan ommaviy qabrlardan jami 400 dan ortiq jasad topilgan bo‘lib, ularning eksgumatsiya jarayonida dahshatli holatlar aniqlangan. Guvohlar va qabr kovlovchilarning so‘zlariga ko‘ra, bolalarning qo‘l-oyoqlari bog‘langan holda bir nechtadan ustma-ust ko‘milgani aniqlangan. Ushbu jinoyat ko‘lamining kattaligi Keniyadagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishining yetarli darajada samarali bo‘lmaganini ham ko‘rsatib qo‘ydi.

Pol Makkenzi 2003 yilda «Good News International Ministries» cherkoviga asos solgan bo‘lib, 16 yil davomida minglab odamlarni o‘z ortidan ergashtirishga muvaffaq bo‘lgan. U o‘zining televizor kanali orqali radikal g‘oyalarni targ‘ib qilib, odamlarning onagini zaharlab kelgan. Hozirda sud hukmi mazkur jinoiy ish bo‘yicha adolatni tiklash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Source: www.bbc.co.uk