Yevropaning ikkinchi yirik banki bo'lgan HSBC tomonidan boshqariladigan va Britaniyadagi eng yirik islomiy investitsiya fondi deb e'tirof etilgan tuzilma Isroil harbiy mashinasiga aloqador bo'lgan qator yirik korxonalarning aksiyalarini sotib olish uchun 130 million dollardan ziyod mablag' yo'naltirgani aniqlandi. Ushbu holat moliyaviy bozorlarda va musulmon investorlar orasida jiddiy savollar va e'tirozlarni keltirib chiqardi, chunki mablag'lar shariat qoidalariga to'liq mos kelishi va halolligi da'vo qilingan holda yig'ilgan edi.
Tahlillarga ko'ra, HSBC ning Islomiy global aktsiyalar indeksi fondi o'z aktivlarini qurolsozlikdan tortib harbiy texnologiyalargacha bo'lgan sohalarda faoliyat yurituvchi shirkatlarga yo'naltirgan. Xususan, mablag'lar AQShning texnologiya giganti Palantir hamda dunyodagi ikkinchi yirik qurol-yarog' ishlab chiqaruvchi RTX korporatsiyasiga kiritilgan. Shuningdek, Analog Devices, Honeywell va Rolls-Royce Holdings kabi kompaniyalar ham fond portfelidan joy olgani fosh etildi.
Mutaxassislarning fikricha, ushbu sarmoyalar islomiy moliyalashtirish tizimining shaffofligi va uning axloqiy tamoyillariga jiddiy putur yetkazadi. Sautgempton biznes maktabi o'qituvchisi Vaxyu Jatmiko va Darem universiteti professori Muhammad Ibrohimning ta'kidlashicha, joriy skrining tizimi faqatgina kompaniyalarning rasmiy faoliyat turlariga tayanib, ularning mahsulotlari oxir-oqibat qayerda va qanday maqsadlarda ishlatilishini tekshirmaydi. Bu esa texnik muvofiqlik va haqiqiy axloqiy me'yorlar o'rtasida katta bo'shliq borligini ko'rsatadi.
Source: www.aljazeera.com