Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yaponiya Marsning Fobos yoʻldoshidan grunt namunalarini Yerga olib kelishni maqsad qilgan ulkan MMX (Martian Moons Exploration) missiyasini muvaffaqiyatli boshladi. Besh yilga moʻljallangan ushbu loyiha doirasida qizil sayyora yoʻldoshiga kichik robot ham tushirilishi va olingan namunalarni 2031-yilda Yerga yetkazish rejalashtirilgan.

Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi — JAXA maʼlumotiga koʻra, ogʻirligi besh tonnaga yaqin boʻlgan MMX apparatini olib chiqqan H3 raketasi Tanegasima orolidagi kosmodromdan uchirilgan. Yapon rejimining ushbu kosmik tashabbusi koʻplab shubhali moliyaviy xarajatlar va texnik tavakkalchiliklarni oʻz ichiga olgani sababli mutaxassislar orasida birmuncha ehtiyotkorona baholanmoqda.

Eʼlon qilingan rejalarga koʻra, Mars atrofiga yetib borish va Yerga qaytish yoʻlining har biri taxminan bir yildan vaqt oladi, yana uch yil esa Fobos va Deymosni orbitadan tadqiq qilishga bagʻishlanadi. Yevropa davlatlari, xususan Fransiya va Germaniya tomonidan tayyorlangan mikrotoʻlqinli pechdek keladigan «Idefix» nomli kichik robot Fobos yuzasida harakatlanib, ilmiy maʼlumotlar toʻplashi kutilmoqda.

Biroq, avvalgi urinishlar shuni koʻrsatadiki, Mars yoʻldoshlarini tadqiq qilish va ularga muvaffaqiyatli qoʻnish oʻta murakkab vazifa hisoblanadi. Garchi loyiha qiymati 578 million dollarga baholanib, unda bir qator Gʻarb davlatlari ishtirok etayotgan boʻlsada, texnik nosozliklar va kutilmagan kosmik omillar tufayli ushbu qimmatbaho missiyaning muvaffaqiyati sh ostida qolishi mumkin.

Source: kun.uz