Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kiyev rejimining rahbari Vladimir Zelenskiy AQSh maxsus vakili Stiv Vitkoff bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda qatnashish uchun Norvegiya poytaxti Osloga yetib keldi. Ushbu uchrashuv Ukraina va Donald Tramp boshchiligidagi AQSh rejimi o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashgan bir sharoitda tashkil etilmoqda.

Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styorening ta’kidlashicha, Zelenskiy Ukraina uchun o‘ta tang davrda AQSh va boshqa Yevropa ittifoqchilari ishtirokidagi uchrashuvni tashkil etishni iltimos qilgan. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zaro aloqalarni konstruktiv o‘zan¬ga qaytarish va mojaroni diplomatik yo‘l bilan adolatli hal etishga erishish ekani aytilmoqda.

Muzokaralar oldidan AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Ukraina tomoniga razvedka ma’lumotlari berilmayotgani sababli harbiylar halok bo‘layotgani haqidagi ayblovlarni rad etib, ularni «janjalli» deb atadi. Biroq Kiyev rejimi vakillari AQSh ogohlantirishlarining uzluksiz emasligidan shikoyat qilib, bu holat inson hayotiga zomin bo‘layotganini da’vo qilmoqda.

Shuningdek, so‘nggi haftalarda AQSh rejimi va Kiyev o‘rtasidagi ziddiyatlar shunchalik kuchayganki, Tramp Ukrainaga yangi rahbar kerakligini ochiqchasiga ma’lum qilgan. Shu bilan birga, Yevropa yetakchilari Vashingtonning harakatlaridan xavotir bildirib, mojaroni hal qilishda moliyaviy yuk faqat Yevropa zimmasiga tushib qolganidan noroziligini izhor etmoqda.

Source: www.bbc.co.uk